01SellProduct'dan foydalanishni qanday boshlayman?
my.sellproduct.net saytida telefon raqamingiz bilan ro'yxatdan o'ting va do'koningizni yarating. Bepul tarif muddatsiz, pullik tariflarni esa 14–18 kun bepul sinab ko'rasiz. To'lov kartasi talab qilinmaydi.
02Qanday qurilmalarda ishlaydi?
SellProduct brauzerda ishlaydi: kompyuter, noutbuk, planshet va telefonda. Panelni ilova kabi o'rnatish va Telegram ichida ochish mumkin. Shtrix kod skanerlari, 58/80 mm chek printerlari va mijoz ekrani qo'llab-quvvatlanadi.
03Xodimlarni qanday qo'shaman?
«Xodimlar» bo'limida xodimning telefon raqamini kiriting va rolini tanlang: menejer, sotuvchi, qabul qiluvchi, omborchi yoki kuryer. Taklif 7 kun amal qiladi, xodim faqat o'z roliga ruxsat etilgan bo'limlarni ko'radi.
04Bir nechta do'konni boshqarsa bo'ladimi?
Ha. Bitta akkauntda bir nechta do'kon ochish mumkin, har birining o'z tarifi, valyutasi, tili va xodimlari bo'ladi.
05Tarif uchun qanday to'lanadi?
Tarif so'mda Uzum Bank orqali to'lanadi. Pul avtomatik yechilmaydi. 12 oy uchun birdaniga to'lasangiz, oylik narx arzonroq bo'ladi.
06Tarifni keyin o'zgartirsa bo'ladimi?
Ha. Do'kon o'sgan sari istalgan vaqtda kattaroq tarifni to'lab, unga o'tishingiz mumkin. Bepul tarifga esa pullik tarif muddati tugagach qaytiladi.
07Xaridorlar onlayn to'lay oladimi?
Hozircha onlayn do'kon buyurtmalari qabul qilinganda — naqd, terminal yoki boshqa usulda to'lanadi. SellProduct xaridorlaringiz pulini qabul qilmaydi, barcha tushum to'g'ridan-to'g'ri sizga keladi.
08Telegram botni qanday ulayman?
@BotFather'da yangi bot yarating, bergan tokenni SellProduct paneliga joylang. Bot avtomatik ravishda do'kon nomi va do'konni ochadigan tugma bilan sozlanadi.
09Raqamli markirovka qo'llab-quvvatlanadimi?
Ha, Business tarifida. Markirovkali tovarlar har bir donaning kodi skanerlanib qabul qilinadi va sotiladi, inventarizatsiyada ham kodlar bo'yicha sanaladi.
10Do'konni sun'iy intellekt orqali boshqarsa bo'ladimi?
Ha. SellProduct'ni MCP'ni qo'llaydigan AI yordamchiga (masalan, Claude yoki ChatGPT) ulang va oddiy so'zlar bilan so'rang: sotuv qilish, kirim qilish, bugungi foydani ko'rish. Yordamchi sizning ruxsatlaringiz doirasida ishlaydi. Ulanish manzili: api.sellproduct.net/mcp
11Ma'lumotlarim xavfsizmi?
Ma'lumotlar HTTPS orqali shifrlangan holda uzatiladi. Har bir xodim faqat o'z roliga ruxsat etilgan bo'limlarni ko'radi, barcha muhim amallar faoliyat jurnalida saqlanadi.